Central AsianResearch Index

XUSUSIYLASHTIRISH VA KAPITAL BOZORI

Shomansurova Zilola Abduvaxitovna

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda xususiylashtirish jarayoni va kapital bozori rivojlanishi oʻrtasidagi bogʻliqlik ulushli xususiylashtirish nazariyasi asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda 2018-2026-yillarda amalga oshirilgan IPO va SPO amaliyotlari, kapital bozori chuqurlik koʻrsatkichlari hamda UzNIFning ikki bozorli IPO tajribasi oʻrganildi. Tahlil natijalari davlat aktivlarini ommaviy joylashtirish qimmatli qogʻozlar taklifini kengaytirgani, investorlar bazasini rivojlantirgani va kapital bozorining faollashuviga xizmat qilganini koʻrsatdi. Shu bilan birga, erkin muomaladagi ulush va institutsional investorlar bazasi kapital bozori rivojlanishining muhim omillari sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari xususiylashtirish mexanizmlarining kapital bozori samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini asoslab berdi

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 6, С. 32-37
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC