Central AsianResearch Index

RAQAMLI REKLAMA VOSITALARINING ISTEʼMOLCHILAR XARID XULQ-ATVORIGA TAʼSIRINI BAHOLASH

Mazkur maqolada raqamli reklama vositalarining isteʼmolchilar xarid xulq-atvoriga taʼsiri tadqiq etildi. Tadqiqot davomida “Premier Electrotech” MCHJ misolida isteʼmolchilarning raqamli reklama kontentiga munosabati, reklamaning xarid niyatiga taʼsiri hamda reklama kanallarining samaradorligi empirik jihatdan baholandi. Google Forms platformasi orqali oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari asosida reklama kontentining qiziqarliligi, chegirma va aksiyalarning xarid qaroriga taʼsiri hamda qisqa video formatlarning samaradorligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Instagram va qisqa video formatdagi reklamalarning isteʼmolchi eʼtiborini jalb qilishda yuqori natija koʻrsatishini tasdiqladi. Shuningdek, mahsulot xususiyatlariga yoʻnaltirilgan kontent va foydalanuvchi kontenti reklama samaradorligini oshiruvchi muhim omillar sifatida baholandi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 4
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC