Central AsianResearch Index

PAXTA TO‘QIMACHILIK KLASTER ISHTIROKCHILARI OʻRTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLAR TAHLILI

AnnotatsiyaMazkur maqolada klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarningnazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda klaster tizimining ishlabchiqarish samaradorligi, resurs almashinuvi, innovatsion hamkorlik varaqobatbardoshlikka ta’sir mexanizmlari o‘rganildi. Porter, Krugman va Marshalltomonidan ishlab chiqilgan klaster nazariyalari tizimli tahlil qilindi. O‘zbekistonpaxtachilik-to‘qimachilik klasterlari misolida vertikal va gorizontal integratsiyaaloqalarining ishlab chiqarish hajmi, eksport ko‘rsatkichlari va bandlikka ta’siristatistik ma’lumotlar asosida baholandi. Tadqiqot natijalari klaster ichkimunosabatlarining qo‘shilgan qiymat zanjiri rivojlanishiga, sanoat samaradorligiga vaeksport salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini tasdiqladi. Olingan natijalar klasterishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ilmiy asos sifatidabaholandi.Kalit soʻzlar: klaster, iqtisodiy munosabatlar, raqobatbardoshlik, vertikalintegratsiya, gorizontal integratsiya, innovatsiya, qoʻshilgan qiymat zanjiri,toʻqimachilik sanoati, eksport.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 2
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC