HUDUDIY RIVOJLANISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARINI OPTIMAL JOYLASHTIRISHNING MINTAQAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada hududiy rivojlanish sharoitida sanoat korxonalarini joylashtirish samaradorligini oshirishning mintaqaviy mexanizmlari va ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati tizimli yondashuv asosida tadqiq etilgan. Sanoat korxonalarining hududiy joylashuvi mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning muhim omili sifatida baholanib, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish, transport-logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish orqali iqtisodiy oʻsishga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoat korxonalarini joylashtirish samaradorligini belgilovchi tabiiy-resurs salohiyati, mehnat bozori imkoniyatlari, infratuzilmaviy taʼminlanganlik, investitsion muhit va innovatsion klasterlar faoliyati kabi omillarning mintaqalar raqobatbardoshligini oshirishdagi oʻrni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida sanoatni hududiy tashkil etish tizimini takomillashtirish va mintaqalarning sanoat salohiyatidan yanada samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 2
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC