Central AsianResearch Index

INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI VA AMALIY TAHLILI (KORXONALAR MISOLIDA)

Ushbu maqolada korxonalarda innovatsion faoliyat samaradorligini baholashning nazariy-uslubiy asoslari hamda uning amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida innovatsion faoliyat samaradorligini baholashga doir mavjud ilmiy yondashuvlar, jumladan input-output modeli, kompleks baholash tizimi hamda integratsiyalashgan samaradorlik indekslari oʻrganildi. Shuningdek, korxona misolida innovatsion faoliyat koʻrsatkichlarining dinamik oʻzgarishi tahlil qilinib, investitsiyalar, yangi mahsulotlar soni va daromad oʻsishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik aniqlangan. Natijalar innovatsion faoliyat samaradorligini baholashda faqat moliyaviy koʻrsatkichlarga emas, balki texnologik, ijtimoiy va strategik omillarga ham tayanish zarurligini koʻrsatadi. Tadqiqot yakunida korxonalarda innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 1
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC