Central AsianResearch Index

HUDUDIY TENGSIZLIKNI BAHOLASHDA KOMPOZIT INDEKSLARDAN FOYDALANISH METODOLOGIYASI

Tezisda hududiy tengsizlikni baholashda kompozit indekslardan foydalanish metodologiyasi tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional farqlarni aks ettiruvchi indeks tuzilmasi shakllantirish bosqichlari - indikatorlarni tanlash, normallashtirish, vaznlash va agregatlash jarayonlari oʻrganildi. OECD/JRC yondashuvi hamda HDI, IHDI, EU RCI 2.0 va OECD Regional Well-being tizimlari qiyosiy baholandi. Natijalar indeks barqarorligini taʼminlashda sezgirlik va noaniqlik tahlilining muhimligini koʻrsatdi. Xalqaro tajriba asosida Oʻzbekiston hududlarini reyting baholash tizimini takomillashtirish yoʻnalishlari aniqlandi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2025
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC