BOSHQARUV JARAYONLARIDA VAKOLATLARNI TAQSIMLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Maqolada boshqaruv jarayonlarida vakolatlarni taqsimlash samaradorligini baholashning nazariy va uslubiy jihatlari tadqiq etildi. Delegatsiya samaradorligining qaror sifatini oshirish, ijro motivatsiyasini kuchaytirish va boshqaruv salohiyatini rivojlantirishga asoslangan yo‘nalishlari tizimlashtirildi. Vakolatlarni delegatsiya qilish jarayoni to‘rt bosqichli sikl asosida modellashtirildi. Tashkiliy muvofiqlik, ijro natijadorligi va boshqaruv salohiyatining rivojlanishini qamrab oluvchi ko‘p mezonli integral baholash usuli taklif etildi. Delegatsiya samaradorligini o‘lchashga xizmat qiluvchi indikatorlar shakllantirildi. Olingan natijalar asosida qaror huquqi, javobgarlik va resurslarning mutanosibligini ta’minlash, monitoring tizimini takomillashtirish hamda delegatsiya natijalarini kadrlar siyosati bilan bog‘lash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC