Central AsianResearch Index

KORXONA RAQOBATBARDOSHLIGINI TAʼMINLASHNING NAZARIY ASOSLARI VA HUDUDIY RIVOJLANISH BILAN OʻZARO BOGʻLIQLIGI

Mazkur tezisda korxona raqobatbardoshligini taʼminlashning nazariy asoslari va uning hududiy rivojlanish bilan oʻzaro bogʻliqligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda xalqaro raqobatbardoshlik indekslari, institutsional yondashuvlar va rasmiy statistik maʼlumotlar qiyosiy oʻrganildi. Natijada hududiy muhitning infratuzilma, kadrlar, moliyaviy xizmatlar va maʼmuriy jarayonlar orqali korxona faoliyatiga taʼsiri asoslandi. Korxonalarning qoʻshilgan qiymat, bandlik va soliq tushumlari orqali hududiy rivojlanishga qayta taʼsiri ham yoritildi. Taklif etilgan yondashuv hududiy siyosat va korxona boshqaruvini uygʻunlashtirish uchun nazariy asos yaratdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC