Central AsianResearch Index

MICE TURIZMINI BARQAROR RIVOJLANISHIDA YASHIL MARKETING KONSEPSIYASI

Zamonaviy turizm industriyasida ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. MICE (Meetings, Incentives, Conferences, Exhibitions) turizmi segmenti dunyo boʻyicha yirik miqyosdagi tadbirlarni tashkil etish orqali atrof-muhitga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqolada yashil marketing konsepsiyasining MICE turizmini barqaror rivojlanishidagi roli, ahamiyati va qoʻllanilish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yashil marketing strategiyalarini joriy etish orqali MICE tadbirlarining ekologik samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ijtimoiy masʼuliyatni taʼminlash yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi. Maqola MICE sohasidagi xalqaro tajribalar, Oʻzbekistonda yashil marketing konsepsiyasini joriy etishning istiqbollari va amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2025 · С. 268-271
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti