Central AsianResearch Index

KAPITAL TUZILMASINI OPTIMALLASHTIRISH NAZARIYALARI

Mazkur tezisda kapital tuzilmasini optimallashtirishning asosiy nazariyalari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda anʼanaviy yondashuv, Modigliani-Miller teoremasi, kompromis nazariyasi, iyerarxik moliyalashtirish, agentlik xarajatlari, signal hamda bozor vaqti nazariyalarining mazmuni va metodologik xususiyatlari yoritildi. Kapital tuzilmasining korxona qiymati, moliyaviy barqarorlik va kapital qiymatiga taʼsiri baholandi. Nazariyalar oʻrtasidagi farqlar hamda ularning amaliy qoʻllanish imkoniyatlari qiyosiy tahlil asosida ochib berildi. Tadqiqot natijalarida kapital tuzilmasini shakllantirishda kompleks yondashuvdan foydalanish korxona moliyaviy samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslandi. Oʻzbekiston sharoitida nazariyalarni moslashtirib qoʻllashning amaliy ahamiyati koʻrsatildi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2025 · С. 786-790
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Termiz Davlat Universiteti