BARQAROR MAHALLANI REJALASHTIRISHDA AQLLI MAHALLA TIZIMI IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada “Aqlli mahalla” tizimi konsepsiyasi va uning raqamli texnologiyalariga asoslangan boshqaruv imkoniyatlari tahlil qilingan. Mahalla darajasida raqamli infratuzilma, sunʼiy intellekt, IoT (Internet of Things) va maʼlumotlar tahlili (Big Data Analytics) yechimlarini joriy etish orqali ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholining hayot sifati va xavfsizligini taʼminlash masalalari yoritilgan. Maqolada “Aqlli mahalla” tizimi orqali aholining ehtiyojlariga moslashtirilgan boshqaruv, onlayn murojaatlar, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik monitoring, bandlik va ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonlarining avtomatlashtirilishi boʻyicha tajriba va tavsiyalar keltirilgan. “Aqlli mahalla samaradorlik indeksi (SMEI)” tushunchasi ishlab chiqiladi. Model asosida mahalla darajasidagi ishlab chiqarish, isteʼmol, infratuzilma, bandlik va ekologik koʻrsatkichlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik tahlil etilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2025 · С. 608-612
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
- Аффилиации
- Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti