Central AsianResearch Index

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA MARKETING KONSEPSIYALARINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida marketing konsepsiyalarini qo‘llashning nazariy asoslari hamda amaliy yo‘nalishlari yoritiladi. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va ekologik muammolar fonida yashil marketingning ahamiyati, imkoniyatlari hamda “yashil yuvish” kabi chaqiriqlar tahlil qilingan. Tadqiqot eko-innovatsiya marketingi, aylanma iqtisodiyot marketingi, ijtimoiy marketing, raqamli yashil marketing va hamkorlikka asoslangan marketing kabi innovatsion konsepsiyalarni o‘rganadi. Shuningdek, iste’molchilarning ekologik ongi, ijtimoiy omillar ta’siri va barqaror innovatsiyalarni korporativ strategiyalar bilan uyg‘unlashtirishning zaruriyati ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston sharoitida yashil marketingni rivojlantirish istiqbollari, milliy xususiyatlar hamda xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2025 · С. 243-250
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti