Central AsianResearch Index

<b>CHAKANA SAVDO TIZIMIDA KORXONALAR MAQSADLI AUDITORIYASINI SEGMENTATSIYALASH VA BRENDNI POZITSIYALASH</b>

Mazkur tadqiqotda chakana savdo tizimida korxonalar maqsadli auditoriyasini segmentatsiyalash va brendni pozitsiyalashning nazariy hamda amaliy jihatlari o‘rganildi. Segmentatsiya mezonlari, maqsadli auditoriyani tanlash va pozitsiyalash qarorlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Iste’molchiga asoslangan brend kapitalini shakllantirishda perseptual xarita va marketing vositalarining ahamiyati baholandi. Tadqiqot natijasida chakana savdo korxonalarida iste’molchilar ehtiyojlariga mos marketing strategiyalarini ishlab chiqish va brend raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar shakllantirildi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 8
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC