PAXTA-TOʻQIMACHILIK KLASTERLARI FAOLIYATINI OPTIMALLASHTIRISHGA ZAMONAVIY USLUBIY YONDASHUVLAR
Maqolada Oʻzbekistonda paxta-toʻqimachilik klasterlarining shakllanish jarayoni, ularning rivojlanish bosqichlari hamda klaster tizimining iqtisodiy samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy omillar keng qamrovli tahlil qilindi. Paxta xomashyosini yetishtirishdan boshlab uni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan qiymat zanjiri boʻyicha barcha jarayonlar mutasaddi vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida oʻrganildi.Shuningdek xorij tajribasi mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda paxta yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar va eksportchilar oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni optimallashtirish boʻyicha ilmiy asoslar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 12
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC