HUDUDLARNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI KAMAYTIRISHDA FISKAL SIYOSAT VOSITALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida hududlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishda fiskal siyosat vositalaridan foydalanish mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqotda fiskal federalizm nazariyalari, tenglashtiruvchi transferlar tizimi va hududiy byudjetlar samaradorligi ilmiy asosda oʻrganildi. Andijon viloyati misolida hududlar kesimida aholi jon boshiga investitsiyalar dinamikasi baholandi hamda investitsion notekislik omillari aniqlandi. Tadqiqot natijalarida QQS tushumlarini hududiy taqsimlash, tenglashtiruvchi transferlar formulasini takomillashtirish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish hududiy konvergensiyani kuchaytirishi asoslandi. Shuningdek, fiskal shaffoflikni oshirish va mahalliy byudjetlar samaradorligini monitoring qilishning iqtisodiy ahamiyati yoritildi. Tadqiqot asosida hududiy iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2025 · № 10
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC