JAHONDA VA O‘ZBEKISTONDA “XALQCHIL IPO”NING SHAKLLANISHI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mazkur maqolada “Xalqchil IPO” ning dunyo miqyosida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda uning O‘zbekistondagi tadbiqi tahlil qilinadi. “Xalqchil IPO” dasturi fuqarolarni investitsiya jarayonlariga keng jalb qilish, moliyaviy bozorlarni rivojlantirish va iqtisodiy resurslarni adolatli taqsimlash maqsadida joriy etilgan mexanizm sifatida ko‘rib chiqiladi. Jahon tajribasida ushbu modelning asosiy bosqichlari, jumladan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonidagi yondashuvlar, kapital bozorini shakllantirish va aholini moliyaviy savodxonlikka yo‘naltirish masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda “Xalqchil IPO” dasturlarining boshlanishi va rivojlanish istiqbollariga e’tibor qaratiladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotlar doirasida davlat korxonalarining aksiyalarini aholiga sotish orqali fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirish va investitsiya madaniyatini rivojlantirish jarayonlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqola xalqaro tajriba va mahalliy sharoitlarni taqqoslash orqali “Xalqchil IPO” ning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritishi mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarini hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2025 · № 1, С. 60-70
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
- Аффилиации
- Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti