Central AsianResearch Index

OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TOʻLOV TIZIMLARINING RIVOJLANISHI

Oʻzbekistonda elektron toʻlov tizimlarining shiddat bilan rivojlanayotganligini kundalik hayotimiz misolida ham aytishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib barcha xizmat turlariga qoʻllaniladigan toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirish eng qulay va samarali usuldir. Elektron toʻlovlardan foydalanish oflayn mijozlarga xizmat koʻrsatish va qogʻozbozlikning kamayishi hisobiga samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirishda toʻlov tizimlari (toʻlov operatorlari) dan foydalangan holda amalga oshiriladi. 2020 - yil 5-oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son Farmoniga muvofiq “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining tasdiqlangani, Oʻzbekistonda elektron toʻlov tizimlarining rivojlanishiga turki boʻldi deb hisoblash mumkin. Sababi strategiyada toʻlovlar va toʻlov tizimlarini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qator vazifalar keltirib oʻtilgan. Misol tariqasida Uzcard va Humo toʻlov tizimlarining integratsiyalash vazifasini keltirish mumkin. Tadqiqot Oʻzbekistonda elektron tijoratni barqaror rivojlantirish uchun mumkin boʻlgan imtiyozlarni batafsil koʻrib chiqadi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2024 · № 4, С. 110-120
Язык
Узбекский
Цитирований
1
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Tashkent University of Information Technology