AGROSANOATNI KLASTER ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanishini kuchaytirish yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan agrosanoat tarmog‘ida klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha mavjud o‘ziga xos tajribalarga ega xorijiy davlatlar ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, bosqichlari va yo‘nalishlari, agroklasterlarni rivojlantirish hamda ularga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Bundan tashqari, aholini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarini yanada ko‘paytirish, bu esa o‘z navbatida mamlakatning eng muhim tarmoqlarini o‘sishi va daromadlarning oshishiga olib kelishi masalalari o‘rganilgan. Klaster yondashuvi hududiy aglomeratsiya va tarmoqning ijobiy sinergetik taʼsirini hisobga olgan holda shakllantirilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2024 · № 10, С. 114-123
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
- Аффилиации
- Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM