Central AsianResearch Index

KORXONANI RIVOJLANTIRISH MARKETING TIZIMI TARKIBIY QISIMLARINING TUZILISHI VA TASNIFI

Mazkur maqolada korxonani rivojlantirishda marketing tizimining tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda tasniflash mezonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Marketing tizimining asosiy elementlari – bozor tadqiqotlari, mahsulot siyosati, narx belgilash, taqsimot kanallari, kommunikatsiya faoliyati va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, marketing tizimi tarkibiy qismlarining funksional, tashkiliy va strategik jihatdan tasnifi keltirilib, ularning korxona raqobatbardoshligini oshirish, bozor ulushini kengaytirish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, marketing tizimining samarali tashkil etilishi korxonaning bozor talablariga moslashuvchanligini kuchaytirishi, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishi va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi aniqlangan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 5, № 1, С. 265-272
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3117
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti