MEHNAT MOBILLIGINING AHOLI TADBIRKORLIK ASOSIDAGI ISH BILAN BANDLIK DARAJASIGA TA’SIRI
Maqolada mehnat mobilligi - ishchi kuchining kasblar, tarmoqlar, hududlar va mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi - aholining tadbirkorlik asosidagi ish bilan bandlik darajasiga ta’sir etuvchi yetakchi omil sifatida mehnat iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Mehnat mobilligining tadbirkorlik bandligini shakllantiruvchi to‘rt asosiy kanali - jamg‘arma va ko‘nikma transferti, pul o‘tkazmalarining startap kapitaliga aylanishi, kasbiy mobillikning o‘z-o‘zini band qilishga yo‘nalishi hamda raqamli (virtual) mobillik - nazariy va empirik jihatdan asoslangan. Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Global tadbirkorlik monitoringi ma’lumotlari hamda O‘zbekiston milliy statistikasi asosida Markaziy Osiyo davlatlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. O‘zbekiston hududlari kesimida pul o‘tkazmalariga bog‘liqlik bilan kichik biznesdagi bandlik o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan va mobillikni rag‘batlantirishga qaratilgan siyosat takliflari ishlab chiqilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 1, С. 256-264
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3117
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
- Аффилиации
- G.V.Plexanov nomidagi RIU Toshkent shahridagi filiali