Central AsianResearch Index

SAVDO OCHIQLIGI, XALQARO INTEGRATSIYA VA IQTISODIY OʻSISH: STATIK VA DINAMIK PANEL MODELLARI ASOSIDA TAHLIL

Maqolada savdo ochiqligi va xalqaro iqtisodiy integratsiyaning iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liqligi 15 mamlakatning 1996–2023-yillarga oid balanslashgan panel ma’lumotlari asosida baholangan. Tanlanma 420 ta kuzatuvni qamrab oladi. Statik panel modellari, to‘rt yillik o‘rtachalar bo‘yicha shartli konvergensiya tenglamasi va dinamik umumlashgan momentlar usuli qo‘llanilgan. To‘rt yillik modelda savdo ochiqligi koeffitsiyenti musbat: klasterlangan standart xatolar bo‘yicha u 5 foizli darajada ahamiyatli, biroq kesim bog‘liqligiga chidamli Driscoll–Kraay xatolari bo‘yicha statistik ahamiyatini yo‘qotadi. Shu sababli 0,67 foizli punktlik baho sababiy ta’sir emas, balki noaniqligi yuqori nuqtaviy baho sifatida talqin qilinadi. Natijalar savdo siyosati, logistika va eksport tarkibini birgalikda takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · № 1. Maxsus son
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3117
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti