СТРАТЕГИЧЕСКОЕ ПАРТНЕРСТВО БЕЛАРУСИ И УЗБЕКИСТАНА В УСЛОВИЯХ «ЗЕЛЕНОЙ» ТРАНСФОРМАЦИИ: ИННОВАЦИИ, ПРОМЫШЛЕННАЯ КООПЕРАЦИЯ И КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТЬ
Kuchayib borayotgan geosiyosiy turbulentlik va global iqlim inqirozi sharoitida integratsiya jarayonlarini boshqarish paradigmasini tubdan o‘zgartirishga obektiv zaruriyat tug‘ilmoqda. Ushbu maqolada Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dinamikasi va yo‘nalishlari tahlil qilinib, chiziqli savdosotiqdan murakkab ishlab chiqarish kooperatsiyasiga sifat jihatidan o‘tilgani ko‘rsatib berilgan, bu esa 2026-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining 1 milliard dollardan ortiq tarixiy marraga yetgani bilan ham tasdiqlanadi. Hamkorlikning bugungi kundagi asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, ikki mamlakat o‘rtasida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda transchegaraviy yashil obligatsiyalarni muomalaga chiqarish, uglerod izini avtomatik kuzatish (treking) platformasini yaratish, gaz-motorli maxsus transport vositalarini ishlab chiqarish, biologik parchalanadigan eko-qadoqlarni hamda qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish eko-texnoparklari tarmog‘ini tashkil etish kabi istiqbolli va yuqori samarali hamkorlik yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 1. Maxsus son
- Язык
- Русский
- ISSN
- 3030-3117
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
- Аффилиации
- Белорусский национальный технический университет кандидат экономических наук, доцент