Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 4, с. 234

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNI IQTISODIY TARBIYALASH JARAYONLARINI PEDAGOGIK LOYIHALASHTIRISH

B Qo‘chqorov

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Аннотация · Abstract

Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarni iqtisodiy tarbiyalash jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish muammosi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning dolzarbligi mamlakatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardosh, iqtisodiy fikrlaydigan kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoji bilan belgilanadi. Maqsad - talabalarni iqtisodiy tarbiyalash jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda nazariy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, ijtimoiy-pedagogik usullar (kuzatish, so‘rovnoma, test), tajriba-sinov hamda natijalarni matematik-statistik qayta ishlash usullaridan foydalanildi; tajriba-sinov ishlari Buxoro, Toshkent va Farg‘ona davlat universitetlarida o‘tkazildi. Natijada ta’limning raqamli iqtisodiyotga tayyorligini baholovchi besh ko‘rsatkichlar guruhi aniqlandi, iqtisodiy tarbiya jarayonlarini pedagogik loyihalashtirishning besh bosqichli modeli takomillashtirildi hamda autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlariga asoslangan OTM-ishlab chiqarish korxonasi hamkorligining bozorga yo‘naltirilgan vositalari tizimlashtirildi. Olingan natijalar o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklari va metodik qo‘llanmalarni takomillashtirishda, shuningdek kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanilishi mumkin.

Сведения · Details