Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 4, с. 170

“YALDO KECHASI” - TARIXIY ROMANNING YANGI KO'RINISHI

O Xo‘jamurodova

Osiyo texnologiyalari universiteti Tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qarshi shahri, O‘zbekiston

Аннотация · Abstract

Maqolada Xayriddin Sultonning 2025-yilda chop etilgan “Yaldo kechasi” romani zamonaviy o'zbek nasrida tarixiy roman janrining yangi ko'rinishini yaratgan asar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot janr-tipologik va qiyosiy-tipologik tahlil metodlariga, shuningdek janr nazariyasining klassik (jumladan, D. Lukach kontseptsiyasi) va milliy adabiyotshunoslikdagi talqinlariga tayanadi; uchta badiiy-tipologik xususiyatni ajratish mezoni sifatida muallifning o'z ta'rifi, asar kompozitsiyasi va mavjud tanqidiy-ilmiy sharhlarning qiyosi olingan. Tahlil natijasida asarning uchta o'ziga xos jihati - adabiy mistifikatsiya orqali yaratilgan “davom romani” modeli, hujjatli va badiiy boshlanishlarning sintezi hamda uch avlod taqdiri orqali ifodalangan milliy xotira kontseptsiyasi - ajratib ko'rsatiladi. Shuningdek, asar yuzasidan yaqin vaqtda chop etilgan ilmiy maqolalar tahlili asosida romanning zamonaviy o'zbek adabiyotshunosligida qay tarzda o'rganilayotgani umumlashtiriladi.

Сведения · Details