Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 4, с. 93

TILSHUNOSLIKDA SO‘ROQNI IFODALOVCHI FE’LLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Z Mamatova

Andijon davlat chet tillari instituti, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslikda so‘roq ma’nosini ifodalovchi fe’llarning leksik-semantik, funksional va struktur xususiyatlari tadqiq etiladi. Nutq fe’llarining umumiy semantik tizimidagi so‘roq fe’llarining o‘rni, ularning kommunikativ vazifasi, valentlik xususiyatlari hamda kontekst ta’sirida ma’noning konkretlashuvi tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi ask, question, inquire, interrogate, demand kabi birliklar hamda o‘zbek tilidagi so‘ramoq, savol bermoq, surishtirmoq, so‘roqlamoq, so‘roq qilmoq, tergamoq singari fe’llar qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida so‘roq fe’llarining umumiy semantik yadrosi, differensial semalari, sintaktik birikuvchanligi, uslubiy va pragmatik xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, so‘roq fe’llarining markaz va periferiya munosabatlari asosida shakllanadigan funksional-semantik maydoni tavsiflanadi. Olingan natijalar ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘roq fe’llarini tizimli va qiyosiy o‘rganishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolaning qiyosiy yo‘nalishi manbada ham aniq ko‘rinadi. 3 OAK maqola inglizcha.

Сведения · Details