Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 3, с. 255

TEXNIKA OLIYGOHLARI TALABALARIGA MATERIALSHUNOSLIK FANIDAN GAMMA-NURLANISH TA’SIRI MAVZUSINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK TAHLILI

L Zoirova

Navoiy innovatsiyalar universiteti Tabiiy va texnika fanlari kafedrasi dotsenti, Fizika-matematika fanlari nomzodi

Аннотация · Abstract

Materialshunoslik va yadro fizikasi kesishmasida gamma-nurlanishning materiallar strukturasiga ta’sirini tushuntirish an’anaviy pedagogik usullar orqali yuqori samaradorlikka erishish qiyin bo‘lgan murakkab jarayondir. Ayniqsa, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalari uchun radiatsiyaviy materialshunoslik laboratoriyalarini tashkil etish yuqori xavfsizlik choralarini va katta moliyaviy resurslarni talab qiladi. Ushbu maqolada Virtual Borliq (VR), Kengaytirilgan Borliq (AR) va 3D raqamli modellashtirish texnologiyalarining bo‘lajak muhandis talabalarni o‘qitishdagi pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi.

Сведения · Details