Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 3, с. 208

OLIY TA’LIMDA TALABALARNING O‘QUV-BILISH VA PRODUKTIV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING KOGNITIV-METODOLOGIK OMILLAR

M Pazilova

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Umumiy pedagogika kafedrasi pfofessori, pedagogika fanlari doktori

Аннотация · Abstract

Maqolada oliy ta’lim transformatsiyasi sharoitida talabalarning o‘quv bilish kompetensiyasini rivojlantirishning kognitiv va metodologik omillari tahlil qilingan. Etakchi olimlarning (Yu.G. Tatur, A.V. Xutorskoy, E.F. Zeer, T.I. Shamova) nazariy yondashuvlariga tayangan holda o‘quv-bilish faoliyatining mohiyati, bilish faolligi darajalari hamda talabalarning psixologik-tipologik xususiyatlari yoritib berilgan. Muammoli ta’lim, evristik metodlar va ikki bosqichli topshiriqlar tizimi vositasida talabalarni passiv ta’lim sub’yektidan produktiv hamda ijtimoiy-kasbiy faoliyat egasiga aylantirishning didaktik shart sharoitlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Сведения · Details