Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 3, с. 145

OLIY TA’LIMDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ch Abduraimova

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida muammoli ta’lim (Problem-Based Learning) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda talabalarda tanqidiy fikrlash, mustaqil bilim olish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan, biroq amaliyotda bo‘lajak o‘qituvchilarning aksariyati muammoli ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyatini yetarli darajada bilmaydi va undan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Tadqiqotning maqsadi muammoli ta’lim texnologiyalarini oliy ta’limda qo‘llash orqali o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va talabalarning bilim sifatini oshirishdan iborat.

Сведения · Details