Central Asian Research Index

“ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI, 2026, т. 2, № 3, с. 46

NUTQ BUZULISHLARI NIMALARDAN DALOLAT BERADI?

P Bobokalonov

Osiyo xalqaro universiteti doktoranti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada nutq buzilishlarining neyropsixolingvistik xususiyatlari, ularning asosiy turlari va namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilingan. Nutq buzilishlarining afaziya, anomiya, parafaziya, agrammatizm, nutq ravonligining buzilishi, dizartriya, apraksiya, disfoniyа, disfaziya va duduqlanish kabi ko‘rinishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, fonetik, fonemik, verbal va semantik parafaziyalar, neologizmlar hamda jargonafaziya kabi lingvistik deformatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotda nutq jarayonining frontal va temporal miya sohalari faoliyati bilan bog‘liqligi, miya shikastlanishi, nevrologik kasalliklar va kognitiv omillarning nutq buzilishlarini yuzaga keltirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Bolalarda nutq rivojlanishining kechikishi va uning asosiy klinik-lingvistik belgilari ham alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tibbiy kommunikatsiyada so‘z, taklif, empatik muloqot va kommunikativ ta’sirning psixologik jihatlariga e’tibor qaratilgan.

Сведения · Details