Central Asian Research Index

Meros, 2026, т. 9, № 1, с. 56-64

TABOBATDA VORISLIK: MASIHIY VA IBN SINO: Fan va madaniyat tarixi

Surayyo Karimova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyodagi birinchi madaniy yuksalish davrining mashhur olimlaridan Abu Sahl Masihiy va Abu Ali ibn Sinoning tibga oid ensiklopedik xarakterdagi asarlarini qiyoslash orqali o‘sha davr tabobatidagi vorislikni ko‘rsatish maqsad qilingan. Buning uchun Masihiyning arab tilidagi “Tib san’ati bo‘yicha yuz kitob” asarining tuzilishi va mazmuni Ibn Sinoning “Tib qonunlari”niki bilan taqqoslandi. Masihiy asarida ham, Ibn Sinonikida ham o‘sha davr tabobatining nazariy va amaliy masalalari, sodda va murakkab dorilar haqida ma’lumot berilgan. “Yuz kitob”da bu ma’lumotlar ancha qisqa va yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Undan farqli o‘laroq “Tib qonunlari”da nazariya va amaliyot, dorishunoslik mavzulari aniq tizimlashtirilib, besh kitobga bo‘lingan va har bir kitobda ma’lumotlar ichki tasnif asosida berilgan. Masihiyda ayrim hollarda nazariy va amaliy mavzularning aralash kelishi kuzatiladi, Ibn Sinoda esa amaliyot nazariyaga qurilgan. Masihiyning Xorazm Ma’mun akademiyasida Ibn Sinoga ustozlik qilganini va bu ikki asar o‘rtasidagi o‘xshash jihatlarni inobatga olsak, “Yuz kitob” “Tib qonunlari”ga model yoki dastur bo‘lib xizmat qilgan, deyish mumkin.

Сведения · Details