Central Asian Research Index

Meros, 2026, т. 9, № 1, с. 28-42

“BAHR AL-ASROR FI MANOQIB AL-AXYOR” ASARINING O‘RGANILISHI: Tarix va tarixshunoslik

Siyovash Hafizov

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqot Mahmud ibn Valining “Bahr аl-asror” asari o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda XIX asr oxirlaridan XX asr birinchi choragigacha bo‘lgan davrda ushbu asar yuzasidan olib borilgan izlanishlarning qisqacha tavsifi keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi ilgarigi olimlarning izlanishlarini ko‘rib chiqish hamda ularning e’tiboridan chetga qolgan jihatlarni aniqlashdan iborat. Olib borilgan izlanishlar natijasida tadqiqotchilar asosan “Bahr аl-asror”ning tarix va geografiya qismlarini keng miqyosda o‘rganganliklari aniqlandi. Shuningdek, asarning mazmuni, tuzilishi va qo‘lyozma nusxalarini o‘rganish bo‘yicha ham salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Asarning davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan amirlar biografiyasiga oid hamda foydali qazilmalar va dorivor o‘simliklar haqida bayon qilingan qismlari qisman tadqiq etilganiga amin bo‘lindi. Shu bilan birga asardagi XVI asr oxiri – XVII asr birinchi yarmi Movarounnahr va Xuroson ijtimoiy hayotiga doir ma’lumotlar hamda ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim rol o‘ynagan ulamolar va shayxlar tarjimayi hollariga oid qismlar tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgani anglashildi. Ushbu tadqiqotda “Bahr аl-asror” yuzasidan izlanish olib borgan olimlar asosan asarning qaysi jihatlarini o‘rganishganini aniqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada ma’lumotlarni ketma-ket berib borishda davrlashtirish, tadqiqotchilarning ishlarini baholashda tanqidiy va qiyosiy usullardan foydalanildi.

Сведения · Details