Central Asian Research Index

Meros, 2026, т. 9, № 1, с. 13-27

AMIR TEMURNING DAVLAT BOSHQARUVI MASALALARI SOVET DAVRI TARIXSHUNOSLIGIDA: BAHOLAR VA YODNASHUVLAR: Tarix va tarixshunoslik

Feruza Shamukaramova

Аннотация · Abstract

Maqola sovet davri tarixshunosligida Temur (1336–1405; hukmronlik yillari (13701405) va Temuriylar (1370–1507) davrining davlat boshqaruvi masalalariga berilgan baholarni manbashunoslik va tarixshunoslik yondashuvlar kesimida tahlil qiladi. V.V. Bartold, A.Yu. Yakubovskiy, I.I. Umnyakov, I.M. Mo‘minov ishlarida markazlashgan davlat qurilishi, ma’muriy tizim, harbiy tashkilot, soliq va pul muomalasi, shaharsozlik hamda diplomatiya masalalariga yondashuvlar ko‘rsatilib, ularning sovet mafkurasi bosimi ta’sirida vaqt o‘tishi bilan qanday transformatsiyalangani yoritiladi. Metodologik asos sifatida tarixiylik va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanib, 1950–1974-yillardagi akademik nashrlar va mavzuga doir alohida tadqiqotlar korpusida baholarning ideologik qayta talqinlari xaritalanadi. Natijalar sovet davrida Amir Temur shaxsiyati va boshqaruv tizimining ijobiy hamda salbiy jihatlari selektiv yoritilganini, ayniqsa iqtisodiy masalalar (er munosabatlari, soliq va b.) yetarlicha ishlanmaganini ko‘rsatadi. Xulosa qismida mustaqillikdan keyingi tadqiqotlar uchun ochiq qolgan yo‘nalishlar, jumladan, iqtisodiy-huquqiy institutlar va arxiv materiallari asosidagi empirik tadqiqotlar ustuvorligi asoslanadi.

Сведения · Details