Central Asian Research Index

Meros, 2023, т. 3, № 2, с. 39-58

Amir Temurning fe’l-atvori va yosoqi ta’rifi (Hofizi Abru “Zubdat at-tavorix” asari asosida)

Faromarz Fayzullo

Аннотация · Abstract

Amir Temurning tarix sahnasidagi faoliyati haqida o’z davridayoq ko’plab asarlar yozilgan va ular davr tarixini o’rganishda bir-birini to’ldiradi. Bu holatni Amir Temur (1336–1405) saltanati tarixiga oid yozma manbalar misolida ham kuzatish mumkin. Tarixchi va geograf Hofizi Abru (1361–1430) “Zubdat at-tavorix” (“Tarixlar sarasi”) asarida Amir Temur faoliyatining oxirgi 20 yilidagi voqeliklarni guvohi o’laroq yoritgan. Unda keltirilgan Amir Temurning shaxsiy fazilatlari, sarkardalik qobiliyati, adolati va yosoqi, ya’ni ilm va hunar ahliga e’tibori, ilmiy majlislari, kengashlari, bunyodkorlik ishlari, to’y va marosimlaridagi tartiblar, xodimlariga tayinlanadigan maoshlari, avlodlari tarbiyasiga munosabati, shaxsiy qiziqishlari ta’rifi tarixiy manbaviy asosda tahlil qilindi. Mazkur ma’limotlar G’iyosiddin Alining (XIV–XV) “Ro’znomai g’azovoti Hindiston” (“Hindiston g’azovoti kundaligi”), Nizomiddin Shomiyning (vaf. 1412) “Зафарномаи шоҳий”, Sharafiddin Ali Yazdiyning (vaf. 1454) “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning (1388–1450) “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur” (“Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) asarlaridagi talqinlar bilan qiyoslandi. Manbalardan olingan Amir Temur fe’l-atvori va yosoqi ta’rifiga oid ixcham tarjimalar, avvalo, o’sha davr ruhiyati ifodalashi, qolaversa, ularning qiyosiy tahlili orqali ayrim ma’lumotlarning takroriy, o’xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix” asaridagi Amir Temur personifikatsiyasiga doir ba’zi ma’lumotlar o’z davrining boshqa manbalarida uchramasligi, shu jihati bilan ham bu asar sohibqiron tarixini o’rganishda birlamchi manbalar qatorida muhim ahamiyat kasb etishi dalillar asosida ko`rsatildi. Bu o’z navbatida, Amir Temur shaxsiyati haqidagi tasavvur va bilimlarimizni to’ldirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details