Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 6/2, с. 341-345

QORAQALPOQ CHECHANLIK SO‘ZLARINING LINGVOFILOSOFIK TABIATI VA STILISTIK XUSUSIYATLARI

Orazov Adilbay

Аннотация · Abstract

Maqolada qoraqalpoq folklorining o‘ziga xos janrlaridan biri bo‘lgan chechanlik so‘zlarining lingvofilosofik tabiati, ekzistensial mazmuni hamda badiiy-stilistik xususiyatlari tahlil qilingan. Qorag‘azi biy, Quvandiq chechan va Buqish biy so‘zlari misolida insonning hayotiy prinsiplari, ijtimoiy munosabatlar dinamikasi ilmiy asosda tadqiq etilgan. Matn tarkibidagi obrazli iboralar (frazeologizmlar) va metaforik birikmalar semantikasi ochib berilgan. Shuningdek, chechanlik san’atida jamiyat me’yorlarini tartibga solishda qo‘llaniladigan astarli yumor, satira, ironiya hamda paradokslarning pragmatik vazifasi folklor materiallari asosida dalillangan.

Сведения · Details