SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 374-376
O‘ZBEK TILIDA GRADATSION QATORLARNING SEMANTIK TURLARI VA ULARNING STILISTIK XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada o'zbek tilidagi gradatsion qatorlarning semantik tabiatini tavsiflash hamda ularning badiiy nutqdagi stilistik imkoniyatlarini aniqlash masalasi yoritiladi. Gradatsiya va graduonimiya tushunchalarining o'zaro munosabati farqlanib, gradatsion qatorni belgilashda umumiy semantik asos, darajalanish mezoni, komponentlar tartibi va kontekst omilining ahamiyati ko'rsatiladi. Tahlil uchun miqdor, belgi-xususiyat, ruhiy holat hamda harakat-intensivlik semantik maydonlariga mansub namunaviy qatorlarajratilib, ularning o'suvchi va pasayuvchi yo'nalishlari izohlanadi. Gradatsiyaning ekspressivlik, emotsionallik, obrazlilik va muallif bahosini shakllantirishdagi vazifalari ochib beriladi. Tadqiqotda tavsifiy, komponent, kontekstual va stilistik tahlil usullaridan foydalanish tamoyillari asoslanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7776
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0