Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 270-274

OLIY TA’LIMDA JAMOATCHILIK NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Alimova Mavludaxon Shuxratbekovna

Аннотация · Abstract

Oliy ta‟limda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish mexanizmlari oliy ta‟lim muassasalari faoliyatining ochiqligi, hisobdorligi va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tashkiliy va institutsional yechimlar majmuasidir. Mazkur maqolaning maqsadi oliy ta‟limda jamoatchilik nazoratining amaldagi holatini nazariy tahlil qilish va uni takomillashtirishning tizimli mexanizmlarini asoslashdan iborat. Metodologiya sifatida normativhuquqiy hujjatlar tahlili, manfaatdor tomonlar xaritasi, indikatorlar asosida baholash va qiyosiy institutsional tahlil qo'llanildi. Ilmiy yangilik sifatida jamoatchilik nazoratining uch pog'onali modeli taklif etildi: axborot shaffofligi, ishtirokiy boshqaruv va natijadorlik auditi. Shuningdek, nazorat mexanizmlarini raqamli platformalar orqali standartlashtirish, ta‟lim xizmatlari bo'yicha ijtimoiy buyurtma va jamoatchilik ekspertizasini integratsiyalash bo'yicha konseptual yechimlar ishlab chiqildi. Amaliy ahamiyat sifatida oliy ta‟lim muassasalari uchun KPIga bog'langan jamoatchilik hisobotlari va “talaba tajribasi” indikatorlari paketi asoslandi.

Сведения · Details