SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 228-231
LMS TIZIMIDAGI VIDEO KONTENTLARNI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA VIZUAL JONLANTIRISH ORQALI LINGVISTIK YUKLAMANI VA KOGNITIV SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada ta’limni boshqarish tizimlari (Learning Management System – LMS) tarkibidagi o‘quv kontentlarini sun’iy intellekt (SI) yordamida vizual jonlantirishning lingvistik yuklama va talabalarning kognitiv samaradorligiga ta’siri nazariy va metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videomateriallarni boyitishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. 2020-2026-yillarda e’lon qilingan ochiq ilmiy adabiyotlar asosida sun’iy intellektning o‘quvnatijalari, bilimlarni eslab qolish, axborotni qayta ishlash, lingvistik va kognitiv yuklama hamda talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligi bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Tahlil natijasida LMS muhitida vizual materiallardan samarali foydalanish uchun pedagogik maqsadga muvofiqlik, mazmuniy aniqlik, lingvistik va kognitiv yuklamani boshqarish, individual o‘quv ehtiyojlarini hisobga olish va fan o‘qituvchisi nazoratini ta’minlash zarurligi asoslanadi. Maqolada LMS da video kontentlarni SI yordamida vizual takomillashtirishning bosqichma-bosqich modeli ham taklif etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7755
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0