SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 211-215
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA O'YIN ORQALI DIVERGENT FIKRLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TA'MINOTI
Аннотация · Abstract
Maqolada maktabgacha katta yoshdagi (5–6 yosh) bolalarga o'yin orqali divergent fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning pedagogik ta‟minoti nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda “ta'minot” va “pedagogik ta'minot” tushunchalarining ilmiy talqinlari tahlil qilinib, pedagogik ta‟minotga resurslarni boshqarish, vositalar va sharoitlar yig„indisi, subyektlarning o'zlashtirishi hamda shart-sharoitlar yondashuvlari ajratilgan. Natijada tushunchaning muallif ta'rifi ishlab chiqilgan, pedagogik ta'minotning asosiy vositalari(modellashtirish, pedagogik shart-sharoitlar va metodika), uning olti turi hamda besh amalga oshirish yo„nalishi aniqlangan. Ta‟minot samaradorligini baholash uchun g„oyalarning soni, xilma-xilligi, yangiligi va batafsilligi mezonlari asoslangan. Maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'yin faoliyatini ilmiy asosda rejalashtirish va pedagogik modelni ishlab chiqish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7752
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0