SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 110-114
“BOBURNOMA”NI OLIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH: SAMR VA TPACK MODELLARIGA TAYANGAN METODIK MODEL
Аннотация · Abstract
Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarini oliy ta’limda raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning metodik modeli taklif etiladi. Asarning ikki tabiatli ekani, ya’ni bir vaqtda tarixiy manba va badiiy memuar bo‘lishi metodik muammo sifatida ko‘rib chiqiladi: an’anaviy mashg‘ulotda bunday asar tarix darsiga aylanib qolish xavfi mavjud. Tadqiqotda TPACK va SAMR modellari, R.Meyerning multimedia orqali o‘qitish nazariyasi, L.Rozenblattning tranzaksion o‘qish nazariyasi va M.M.Baxtinning xronotop tushunchasi asosida sakkiz bosqichli mashg‘ulot modeli ishlab chiqildi. Har bir bosqich memuar janrining muayyan qatlamiga, SAMR darajasiga va B.Blum taksonomiyasi darajasiga muvofiqlashtirildi. Raqamli xarita, onlayn doska, elektron matnda rangli belgilash va podkast kabi vositalarning didaktik vazifasi “vosita matnni chuqurroq anglashga xizmat qiladimi?” mezoni bilan asoslandi. Shuningdek, raqamli mahsulotni baholash rubrikasi va 80 daqiqalik mashg‘ulotning texnologik xaritasi taqdim etildi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7694
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0