SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 316-321
TADBIRKORLIK DISKURSINI LINGVOKOGNITIV VA PRAGMATIK NUQTAYI NAZARDAN TADQIQ ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada tadbirkorlik diskursini zamonaviy tilshunoslikning lingvokognitiv va pragmatik yo‘nalishlari nuqtayi nazaridan o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Maqolada diskurs, institutsional diskurs va biznes diskursi tushunchalarining jahon hamda o‘zbek tilshunosligidagi talqinlari qiyosiy tahlil qilinib, tadbirkorlik diskursining o‘ziga xos belgilovchi xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqotda tavsifiy tahlil, diskursiv tahlil, lingvokognitiv va qiyosiy-tipologik metodlardan foydalanilgan holda tadbirkorlik diskursining janr tizimi besh asosiy guruhga: rasmiy-huquqiy, biznes-reja, marketing-reklama, muzokara hamda korporativ-institutsional janrlarga tasniflangan. Har bir janr guruhining kommunikativ maqsadi, pragmatik yo‘nalganligi va funksional xususiyatlari alohida ko‘rib chiqilgan. Tahlillar natijasida tadbirkorlik diskursining ko‘p qatlamli, dinamik va moslashuvchan kommunikativ tizim ekanligi, uning lingvokognitiv va lingvopragmatik yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holdagina to‘liq tadqiq etilishi mumkinligi asoslangan. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarida diskurs tahlili, pragmalingvistika va qiyosiy tilshunoslik fanlarini o‘qitishda, shuningdek tadbirkorlik diskursini keyingi bosqichda korpus asosida modellashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7671
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0