Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 309-315

KINO DISKURSIDA LINGVOKULTUREMALARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI, O‘ZBEK VA INGLIZ MILLIY KINOLARI MISOLIDA CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL

Mamatqulova Marhabo

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz milliy kino diskursida qo‘llanilgan lingvokulturemalarning leksik-semantik xususiyatlari chog‘ishtirma-tipologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot materiali sifatida o‘zbek kinematografiyasining “Mahallada duv-duv gap” va “Suyunchi”, ingliz milliy kinosining “Four Weddings and a Funeral” hamda “A Private Function” filmlari tanlab olindi. Maqolaning maqsadi ikki xalq kino matnida qo‘llangan lingvokulturemalarni leksemik, frazematik va paremiologik guruhlarga tasniflash, ularning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash hamda miqdoriy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda tavsiflash, komponent tahlili, kontekstual-pragmatik va distributiv metodlardan foydalanildi, jami 134 ta leksemik hamda ularga tutash bo‘lgan frazematik va paremiologik birliklar tahlilga tortildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ingliz kino matnlarida qo‘shma va birikmali leksemik lingvokulturemalar soni ustunlik qiladi, o‘zbek kino matnlarida esa yasama va juft shakllar, shuningdek, xalq og‘zaki ijodiga xos paremiologik birliklar yuqori chastotaga ega. Ushbu tafovutlar ikki tilning morfologik tizimi, so‘z yasalish an’analari va milliy-madaniy tafakkur o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Olingan natijalar lingvokulturologiya, chog‘ishtirma tilshunoslik, leksikologiya va tarjimashunoslik sohalarida amaliy ahamiyat kasb etadi, shuningdek, audiovizual tarjima va xorijiy til o‘qitish metodikasida qo‘llanilishi mumkin.

Сведения · Details