Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 301-308

HUNARMANDCHILIK DISKURSINING LEKSIK-SEMANTIK TIZIMI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALIDA QIYOSIY-KONTRASTIV TAHLIL

Abdusamatov Ahrorjon

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada hunarmandchilik diskursining leksik-semantik tizimi ingliz va o‘zbek tillari materialida qiyosiy-kontrastiv nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi hunarmandchilik diskursida qo‘llaniladigan leksik qatlamlarning funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, ikki tildagi izomorf va allomorf jihatlarni tizimli ravishda yoritishdan iborat. Metodologik asos sifatida diskurs tahlili, lingvopragmatika va qiyosiy-kontrastiv tilshunoslik tamoyillariga tayanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hunarmandchilik diskursining leksik-semantik tizimi oltita asosiy qatlamdan tashkil topgan bo‘lib, ular terminologik birliklar, baholovchi leksika, metaforik-obrazli birliklar, madaniy kodlangan leksika, funksional leksika va sinonimik-variativ birliklardan iborat. Ingliz va o‘zbek tillarida bu qatlamlarning funksional vazifalari ko‘p jihatdan o‘xshash (izomorf) bo‘lsa-da, ularning til vositalari orqali ifodalanishida sezilarli tipologik farqlar (allomorf xususiyatlar) kuzatiladi. Ayniqsa, o‘zbek tilining agglyutinativ va ingliz tilining analitik tabiatidan kelib chiquvchi morfologik hamda sintaktik farqlar leksik tanlovga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Сведения · Details