SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 105-109
TEXNOLOGIK TA’LIMNING RIVOJLANISH MUAMMOLARINI PROGNOZLASH
Аннотация · Abstract
Maqolada texnologik ta‟limning rivojlanish muammolarini ilmiy prognozlash masalasi pedagogik prognostika metodologiyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Muallif texnologik ta‟lim mazmunining texnika va texnologiya taraqqiyotidan ortda qolishi obyektiv qonuniyat ekanligini asoslab, bu qarama-qarshilikni bartaraf etishning yagona yo'li ta‟lim tizimini boshqarishda reaktiv emas, balki ilg'orlovchi (prognostik) yondashuvni qo'llash ekanligini ko'rsatadi. Tadqiqotda retrospektiv tahlil, tizimli-strukturaviy tahlil, ekspertbaholash (Delfi usuli), ekstrapolyatsiya, morfologik tahlil va ssenariylashtirish usullari majmuasidan foydalanilgan. Natijada texnologik ta‟limning muammo maydoni sakkizta bir-biri bilan bog'liq blokka tizimlashtirilgan, ularning har biri bo'yicha prognostik xavf va inersion tendensiya aniqlangan. Muallif tomonidan texnologik ta‟limni prognozlashning besh bosqichli modeli ishlab chiqilgan hamda 2030-yilgacha bo'lgan davr uchun uchta muqobil ssenariy — inersion, moderatsion va innovatsion ssenariylar asoslab berilgan. Alohida bo'limda muammolarning hududiy differensiatsiyasi masalasi ko'rib chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7667
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0