SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 115-119
DISKURS VA TARIXIY DISKURS TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TALQINLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda “diskurs” tushunchasining shakllanish tarixi, uning turli lingvistik maktablardagi talqinlari, shuningdek diskursni formal va funksional nuqtayi nazardan o‘rganish tamoyillari tahlil qilinadi. Alohida bo‘lim tarixiy diskursologiya yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda diskursning diaxronik o‘zgaruvchanligi va bu o‘zgarishlarni o‘rganish metodologiyasi yoritiladi. Tadqiqot rus va g‘arb tilshunosligidagi ilmiy manbalar asosida qiyosiy-tavsifiy hamda tarixiy-diaxronik metodlar yordamida amalga oshirildi. Natijada diskurs tushunchasining terminologik maqom olish jarayoni bosqichma-bosqich tiklandi, formal va funksional yondashuvlarning asosiy farqlari aniqlandi hamda tarixiy diskursologiyaning predmet-obyekt sohasi belgilandi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7644
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0