Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 109-114

ALISHER NAVOIY IJODIDA SHOHLIK VA GADOLIKNING IJTIMOIY MOHIYATI (“Mahbub ul-qulub” asari misolida)

Madina Vahobova

Аннотация · Abstract

Maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari asosida shohlik va gadolik tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Asar birinchi qismidagi qirq faslning ijtimoiy guruhlar bo‘yicha taqsimoti hamda shoh va gado tushunchalarini ifodalovchi leksemalarning qo‘llanish chastotasi aniqlanib, ular asosida asardagi ijtimoiy ierarxiya modeli tiklanadi. Shohlik jamiyat holatini belgilovchi markaz (“shoh ulusi o‘ziga mushobih bo‘lur”), gadolik esa ikki qutbli – tama’ va tilanchilikka asoslangan ijtimoiy illat hamda faqr va qanoatga asoslangan ma’naviy maqom sifatida talqin etilishi ko‘rsatiladi. Navoiyning o‘z hayotida izzat va mazallatni boshdan kechirgani, asarda ilm, tavba va qanoat orqali ijtimoiy mavqening o‘zgarishi mumkinligi alohida ta’kidlanadi. Tadqiqotda qiyosiy, sotsiologik, statistik, xronologik va germenevtik metodlardan foydalanildi.

Сведения · Details