Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 99-104

BIOTEXNOLOGIYA TERMINOLOGIYASINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KOGNITIV-KATEGORIYAVIY XUSUSIYATLARI

Adambayeva Feruza Rustambekovna,

Аннотация · Abstract

Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi biotexnologiya terminologiyasi kognitiv-kategoriyaviy yondashuv asosida qiyosiy o‘rganilgan. Tahlil 1180 ta inglizcha va 1100 ta o‘zbekcha termin asosida 11 ta konseptual kategoriya (biologik obyektlar, moddalar, jarayonlar, xususiyatlar, makon, texnologiyalar, jihozlar va boshqalar) bo‘yicha amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, “biologik obyektlar” kategoriyasi har ikkala tilda eng katta guruhni tashkil etadi. “Jarayon” kategoriyasida inglizcha -tion/-sion, -ing, -ment kabi suffikslar bilan yasalgan ixcham terminlar, o‘zbek tilida esa -lash/-lanish, -ish shakllari va izohlovchi birikmalar ustunligi aniqlandi. “Makon” kategoriyasida endo-, exo-, inter-, intra-, trans- prefikslari hamda in vitro, in vivo kabi birliklar tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida ikki til terminologiyasini referensial-funksional mezonlar asosida tavsiflovchi kategoriyaviy model taklif etildi.

Сведения · Details