Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 78-82

OʻZBEK TILIDAGI BAHSLI MATNLARNI AVTOMATIK TASNIFLASH VA MUALLIFNI LINGVISTIK PROFILLASH: UCTS KORPUSI ASOSIDAGI EKSPERIMENTAL TADQIQOT

Raupov Mexroj Xukum oʻgʻli

Аннотация · Abstract

Maqolada oʻzbek tilidagi bahsli (nizoli) matnlarni avtomatik tasniflash va muallifni ehtimoliy lingvistik profillash masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqot maqsadi — bahsli matnlarning maxsus korpusini (UCTS) shakllantirish, kontekst toifalari (haqorat, tahdid, tuhmat, ijtimoiy nizo) boʻyicha izohlanuvchan tasniflash modelini qurish hamda muallifning jinsi va yosh guruhini ehtimoliy baholash imkoniyatlarini aniqlashdir. Korpus toʻliq sintetik 400 matn birligidan (8231 soʻz) iborat boʻlib, etik talablarga muvofiq real shaxsga oid maʼlumot saqlamaydi. Belgi fazosi yetti qatlamdan (leksik-pragmatik markerlar, Biber registr belgilari, Lakoff sotsiolingvistik belgilari, Nini n-grammlari, kasbiy muhit, psixolingvistik va muallif-barqarorlik qatlamlari) tashkil topadi; tasniflash qoida va marker dalillariga asoslanadi. Model muzlatilgan held-out test (n=120) toʻplamida baholandi: kontekst toifalari boʻyicha makro-F1 0,712, aniqlik 0,717; eng past koʻrsatkich tahdid toifasida (P 1,00 / R 0,44). Muallif jinsini baholash kamtarin (aniqlik 0,567), demak dalil emas, yoʻnaltiruvchi koʻrsatkichdir.

Сведения · Details