SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 52-55
O‘ZBEK VA TOJIK TILLARIDA MODAL EVFEMALAR
Аннотация · Abstract
Maqolada o‘zbek va tojik tillaridagi modal evfemalar qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etilgan. Modal evfema gapning diktumini o‘zgartirmasdan, noxush yoki tabulashgan voqelik ifodasini grammatik, leksikgrammatik va intonatsion vositalar orqali yumshatuvchi, pardalovchi evfemik birlik sifatida talqin qilinadi. Modal vositaning evfemik qiymatini belgilovchi mezonlar ishlab chiqilgan. Modal evfemalar semantik-pragmatik mohiyatiga ko‘ra epistemik, deontik-direktiv va emotsional-baholovchi turlarga ajratilgan. Ifoda vositasiga ko‘ra esa morfologik vositalar, fe’l shakllari, leksik birliklar, yuklamalar, ohang hamda sintaktik qurilmalar orqalishakllanadigan guruhlarga bo‘lingan. Badiiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi va so‘zlashuv nutqidan olingan misollar asosida ikki tildagi modal evfemalarning umumiy va farqli jihatlari ochib berilgan. Umumiylik sharqona muomala odobi, ko‘p asrlik etnomadaniy aloqalar va lisoniy o‘zlashmalar bilan izohlanadi. Farqlar esa agglyutinativ o‘zbek tili va analitik xususiyatlari kuchli bo‘lgan tojik tilining tipologik tuzilishi bilan bog‘liq ekani ko‘rsatilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7628
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0