SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 10-14
“HUMOYUNNOMA” ASARIDA QO„LLANGAN XOTIN-QIZLAR ISMLARI: LINGVISTIK VA ONOMASTIK TAHLIL
Аннотация · Abstract
Tarixiy asarlarda qo'llangan onomastik birliklar, xususan, tarixiy antroponimlar xalqimizning tarixi, milliy qadriyatlari va an‟analarini o'zida aks ettiruvchi muhim ma‟naviy meros hamda lug'at boyligimizning noyob durdonalaridan biridir. Ushbu maqolada XVI asrga oid tarixiy manbalardan biri bo'lgan Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” asarida qayd etilgan boburiylar xonadoniga mansub saroy xotin-qizlari ismlari tahlil etiladi. Tadqiqotda asarda uchraydigan ayollar ismlarining tanlanish tamoyillari, lingvistik xususiyatlari, ularning shakllanishi va qo'llanishiga xos jihatlar yoritiladi. Shuningdek, tarixiy xotin-qizlar ismlarining onomastik xususiyatlari tahlil qilinib, ularning davrning ijtimoiy-madaniy va milliy-lisoniy muhitini aks ettirishdagi o'rni ochib beriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7614
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0