SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/2, с. 6-9
OGAHIY MUXAMMASLARIDA AN'ANA VA YANGILIK
Аннотация · Abstract
Maqolada XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Ogahiy (1809–1874) muxammaslarida mumtoz an'ana va ijodiy yangilikning o‘zaro munosabati o‘rganiladi. Tadqiqot obyekti sifatida shoirning 89 ta muxammasidan (75 ta taxmis va 14 ta tab'i xud muxammas) iborat to‘plam olindi. Muxammaslar shakl, qofiya tizimi, mavzu, obrazlar va muallif ovozi jihatidan tahlil qilindi; boshqa shoir g‘azaliga yozilgan taxmislar bilan shoirning o‘z g‘azaliga bitgan "tab'i xud muxammas"lari qiyoslandi. Natijalar Ogahiyning an'anaga sodiqligi mexanik taqlid emas, balki ongli ijodiy tanlov ekanini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7613
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0